Bizning tariximiz

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 iyundagi 4354-sonli qaroriga asosan 15-noyabrdan o’z ish faoliyatini boshlagan.

1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va Raqamlashtirish xizmati
2. Obonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati
3. Axborot-bibliografiya xizmati
4. Fondni to’ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati
Axborot-kutubxona markazning jami kitob fondi: 157 308 ta Badiiy adabiyotlar: 97468ta Elektron kitoblar: 11 000 ta va boshqa turli xil axborotlar.

157308+
Kitoblar
5134+
Faol o'quvchilar
200+
Kunlik tashrif
11000+
Elektron kitoblar
Kutubxona binosi

Bizning maqsadimiz

Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazi — bu faqat kitob emas, bilim, madaniyat va taraqqiyot makoni. Bizning asosiy maqsadimiz — har bir fuqaroning bilimga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatning intellektual salohiyatini yuksaltirish va raqamli axborot makonida har bir foydalanuvchiga qulay, zamonaviy xizmat ko‘rsatishdir.

Bizning qarashimiz

Zamonaviy texnologiyalar va an'anaviy kutubxona xizmatlarini birlashtirgan holda, mintaqaning eng yaxshi axborot-kutubxona markazi bo'lish va barcha yoshdagi o'quvchilarga sifatli xizmat ko'rsatish.

Bizning jamoa

Malakali va tajribali xodimlarimiz bilan tanishing

Direktor

Yusupova Manzura Jumaniyozovna

Direktor

(+99897)-517-12-69

Qabul kunlari: Dushanbadan Jumagacha, har ish kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha

Bosh kutubxonachi

Kuramboeva To‘xtajon Pulatovna

Axborot-bibliografiya xizmati rahbari

(+99897)-190-72-07

Kutubxonachi

Matniyazova Nilufar Baxtiyorovna

Fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati rahbari

(+99897)-459-41-56

Kutubxonachi

Temirova Anajon Otaboyevna

Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat kо‘rsatish xizmati rahbari

(+99897)-203-29-60

Kutubxonachi

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati rahbari

(+99888)-606-99-09

Tuzulma

Bo‘limlarimiz va Ularning Vazifalari
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati Ushbu bo‘lim kutubxona faoliyatini raqamli shaklga o‘tkazish, elektron ma’lumotlar bazasini shakllantirish, kompyuterlar va texnik qurilmalarni ish holatida ushlab turish, foydalanuvchilarga internet va elektron xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratish bilan shug‘ullanadi.
2. Obonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati Kitobxonlarga adabiyotlar berish, ro‘yxatga olish, o‘qish muddati va tartibiga rioya etilishini nazorat qilish, doimiy kitobxonlar bilan ishlash, yangi kitoblar tavsiyasini berish, foydalanuvchi ehtiyojiga mos xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydi.
3. Axborot-bibliografiya xizmati Foydalanuvchilarning ilmiy va amaliy izlanishlariga ko‘maklashadi, mavzuli bibliografik ro‘yxatlar, ko‘rsatkichlar, tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxatini tayyorlaydi, kutubxonadagi axborot resurslaridan to‘g‘ri va samarali foydalanishga yo‘naltiradi.
4. Fondni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish xizmati Kutubxona fondini yangi adabiyotlar, davriy nashrlar va elektron resurslar bilan to‘ldiradi, mavjud kitoblarni tartibga soladi, saqlash sharoitlarini nazorat qiladi, ularni kataloglashtiradi va texnik ishlovdan o‘tkazadi.

Kutubxona Rejalari

Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazi o‘z faoliyatini yanada takomillashtirish, foydalanuvchilarga qulay va zamonaviy xizmatlar taqdim etish maqsadida quyidagi rejalar ustida ishlamoqda:
1. Kutubxona xizmatlarini raqamlashtirish Elektron katalog va onlayn kitob qidiruv tizimini joriy etish Foydalanuvchilarga masofadan turib kitob band qilish va o‘qish imkonini yaratish
2. Yoshlar bilan ishlashni faollashtirish “Yosh kitobxon” klubi tashkil etish Maktab o‘quvchilari uchun adabiy viktorinalar, tanlovlar, uchrashuvlar o‘tkazish “Bir kitob – bir sinf” loyihasini amalga oshirish
3. Madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etish Mahalliy ijodkorlar bilan ijodiy kechalar Kitobxonlik haftaliklari, ko‘rgazmalar va seminarlar Muqaddas sana va bayramlar munosabati bilan ko‘rgazmalar tashkil etish
4. Fondni boyitish va yangilash Yangi nashrlar, ilmiy-adabiy, badiiy va bolalar adabiyotlari bilan fondni to‘ldirish Elektron resurslar sonini oshirish
5. Axborot-ma'lumot xizmatlarini kengaytirish Foydalanuvchilar uchun yangiliklar byulleteni, bibliografik ko‘rsatkichlar tayyorlash Internetdan foydalanuvchilar uchun bepul ma’lumotlar bazasiga yo‘naltirish
6. Kutubxona muhitini modernizatsiya qilish Kutubxona interyerini zamonaviylashtirish Bolalar va katta yoshdagilar uchun alohida o‘quv zonalari yaratish Wi-Fi hududini kengaytirish

Bizning manzil

Biz bilan bog'laning

Manzil

Xorazm viloyati Yangiariq tuman Ogohiy mahallasi Mustaqillik ko'chasi 32-uy

Telefon

+998 (74) 123-45-67

Email

yangiariqtumanakm@gmail.com

Ish vaqti

Dush-Juma: 9:00-18:00
Shanba: 9:00-17:00