Vatan himoyasi muqaddas burch
Rasmlar
Yangiariq tumani Qo‘qiqtom qishlog‘ida joylashgan Madaniyat markazida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab keng qamrovli tantanali tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir davomida tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari ham faol ishtirok etib, mehmonlar uchun maxsus kitob ko‘rgazmalarini taqdim etishdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi Vatan himoyachilariga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, milliy qadriyatlarimizni targ‘ib etish va yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratildi. Kitob ko‘rgazmalari esa tadbir ishtirokchilari uchun bilim va ilhom manbai bo‘lib xizmat qildi.