BAYRAMINGIZ QUTLUG‘ BO‘LSIN AZIZ YURT POSBONLARI
Rasmlar
Yurtimizda vatan himoyasi kabi ulug‘vor ishga o‘zini bag‘ishlagan harbiylarimiz katta hurmat va e’zoz bilan qadrlanib, har yili “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” katta bayram va shodiyona bilan o‘tkaziladi.
Bu kabi e’tibor va e’tirof mas’uliyatli kasb egalarining Vatan oldidagi xizmatlarini yuqori baholanishini namoyon etib, ularning kelgusidagi faoliyatiga ham kuch-quvvat, shijoat va albatta sadoqat bag‘ishlaydi.
Sana munosabati bilan Yangiariq tumanida ham bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirni tuman hokimi Zafarbek Matnazarov ochib berdi va tadbir ishtirokchilarini bayram bilan samimiy qutladi.
Bayramingiz muborak aziz yurt posbonlari!