Har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanadi.
Rasmlar
Har oyning 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasini shakllantirishga xizmat qiladi.
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazining Qo‘riqtom qishlog‘i Madaniyat markazida joylashgan 1-ko‘chma kutubxonasida “Kitobxon onalar” kuniga bag‘ishlab “Kitobxon ona — oila ma’naviyatining ko‘zgusi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbatida Qo‘riqtom qishlog‘i Uyg‘ur mahallasida istiqomat qiluvchi kitobxon ona Bekmetova Rohatoy ona kitobning ahamiyati to‘g‘risida iliq so‘zlarni aytib o‘tdi.
Davra suhbati davomida kitobxon onaxonlar kitob — bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritdilar.
Davra suhbati yakunida kitobxon onaxonimiz Bekmetova Rohatoy ona o‘zi o‘qigan kitoblarni birma-bir taqdimot qilib berdi.
Video mavjud emas.