“Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi”
Rasmlar
Oʻzbek milliy kiyimi Oʻzbek xalqining milliy oʻziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi, qadimgi davrlarda yaratilgan va hozirgi kunlarda ham foydalaniladigan, madaniyati va tarixi bilan boy merosdir. Atlas va adras kabi koʻzni quvnatadigan yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bagʻishlaydigan milliy liboslarimizda xalqimizning ming yillik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, estetik qarashlari hamda oʻziga xos xususiyatlari mujassamdir.
Respublikamizda atlas va adras targ‘ibotini kuchaytirish, o‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ularni ommalashtirish, zamonaviy kiyinishda o‘zbekona sharm-hayo me’yorlarini targ‘ib qilish, o‘zbekona kiyinish madaniyatini yuksaltirish maqsadida Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi Qo‘riqtom qishlog‘idagi Madaniyat markazida joylashgan 1-ko‘chma kutubxonada “Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki, milliy iftixor ifodasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Axborot-kutubxona markazi direktori M. Yusupova milliy liboslarimiz haqida to‘liq ma’lumot berdi.