28 Fevral 2025, 11:11

“Madaniyat va san’at bilimdoni”

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

Tumandagi "Qoriqtom madaniyat markazi"da Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Madaniyat vazirliklari hamkorligida tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovining mahalliy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari D. Matyoqubov hamda Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i D. Boltayev ishtirok etib, tanlov qatnashchilariga muvaffaqiyat tilashdi.
O‘quvchilar o‘rtasida teatr san’atini keng targ‘ib qilish, ularda notiqlik mahorati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalaridagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan tanlovning tuman bosqichida 7–10-sinf o‘quvchilaridan iborat 10 ta jamoa ishtirok etdi.
Tanlov nizomiga ko‘ra, ishtirokchilar “Bizning maktab”, “Madaniyat va san’at bilimdoni” hamda “Teatr – ibratxona” shartlari bo‘yicha bellashib, o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi.
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Kitob – ma’naviyatga eltuvchi kuch” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: