13 Fevral 2026, 16:45

Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymo”

Rasmlar

Rasm

O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoh va shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, Boburiylar sulolasi asoschisi, Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan “Buyuk siymo” mavzusida Qo‘riqtom qishlog‘i Madaniyat markazida tumandagi 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi bilan hamkorlikda adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Nazm va navo gulshanida porlagan quyosh” mavzusida kitob-rasmli ko‘rgazma tashkil etildi.
Mazkur kechada Bobur hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar, g‘azal va ruboiylardan namunalar, o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari hamda kuy-qo‘shiqlar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilarda buyuk ajdodimiz merosiga bo‘lgan qiziqish va hurmatni yanada oshirdi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: