Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazi
Rasmlar
Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazida “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, tumandagi 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida yosh rassomlar o‘rtasida “Ona siymosi – mehr manbayi” mavzusida rasm chizish tanlovi tashkil etildi.
Tanlovda ishtirok etgan yosh rassomlar o‘z ijodlarida ona siymosini mahorat bilan gavdalantirdilar.
Tanlov yakunlariga ko‘ra, 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchisi Rustamova Ruhshona g‘olib deb topildi.
👏 G‘olibimizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi ijodiy ishlarida ulkan zafarlar tilaymiz!
Video mavjud emas.