27 Fevral 2026, 16:22

#Kitobxonlik_madaniyati 📚 #Yoshlar_bilan_uchrashuv

Rasmlar

Rasm

Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari “HDP” o‘quv markaziga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdilar. Suhbat davomida kitobxonlikning ahamiyati, mutolaaning bilim va natijalarga erishishdagi o‘rni haqida fikr almashildi.
📝 Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik bo‘yicha so‘rovnomalar o‘tkazilib, ularning qiziqishlari o‘rganildi.
📚 Shuningdek, matematika va boshqa fanlardan sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun mo‘ljallangan maxsus sertifikat kitoblari olib borilib, o‘quvchilarga tanishtirildi. Ushbu qo‘llanmalar test savollari, amaliy mashqlar va namunaviy topshiriqlar asosida tuzilgan bo‘lib, bilimni mustahkamlash hamda yuqori natijalarga erishishda muhim manba hisoblanadi.

💻 Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati tomonidan esa eng ko‘p o‘qilgan va mashhur o‘zbek adiblari hamda ularning sara asarlari asosida tayyorlangan QR-kodli elektron kitoblar taqdim etildi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: