03 Mart 2026, 16:49

Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan shoiraning she’rlaridan namunalar va qo‘shiqlar ijro etildi.

Rasmlar

Rasm
Rasm

Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markaziga qarashli 1-ko‘chma va 5-ko‘chma kutubxona mutaxassislari tomonidan tumandagi 5-son hamda 29-son umumta’lim maktablarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligiga bag‘ishlab “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida she’rxonlik kechasi o‘tkazildi. Tadbirda maktabning she’riyatga ixlosmand o‘quvchilari Zulfiyaxonim hayoti va ijodidan she’rlar, qo‘shiqlar hamda sahna ko‘rinishlarini ijro etdilar.29-son umumta’lim maktabida esa “Bahor keldi so‘roqlab” mavzusida adabiy-musiqiy kecha bo‘lib o‘tdi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan “Otashqalb shoira” mavzusida kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir davomida 7–8-sinf o‘quvchilari ishtirokida Zulfiya Isroilova tavalludining 111 yilligi munosabati bilan shoiraning she’rlaridan namunalar va qo‘shiqlar ijro etildi.🌸 Zulfiya Isroilova🌸

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: