💐 Ayol — go‘zallik, nafosat va sadoqat timsoli!
Rasmlar
🎀 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bugun tumandagi “Qo‘riqtom” madaniyat markazida bayram tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi.
✨ Tadbirni tuman hokimi Zafarbek Matnazarov ochib berdi hamda tuman miqyosida turli sohalarda samarali faoliyat yuritib, fidokorona mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlarni samimiy tabrikladi.
⭐️ Bayram davomida jamiyatning turli sohalarida faol va samarali mehnat qilib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar tuman hokimligi tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
📚 Shuningdek, Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazi direktori: Manzura Yusupova va xodimlari ham Yangiariq tumani hokimligi tomonidan faoliyati e’tirof etilib, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.