11 Mart 2026, 13:58

#Ayollarni_ezozlash_oyligi 🌸 #Ayol_nafis_xilqat🌸

Rasmlar

Rasm

15-fevraldan 15-martga qadar yurtimizda “Ayollarni e’zozlash oyligi” keng nishonlanmoqda. Bu davr ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yanada yuksaltirish, ularning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini e’tirof etish bilan ahamiyatlidir.

Ayol-nafis xilqat. U cheksiz mehr-muhabbat va e’zozga munosib zotdir. Yurtimizda azaldan ayollar ulug‘lab kelingan. U kim bo‘lishidan, kasbi va millatidan qat’i nazar, avvalo ona sifatida qadrlangan va e’zozlangan.

Bugungi kunda ayollar salohiyatini yuzaga chiqarish, ularning erkaklar bilan barcha sohalarda tengligini ta’minlash, qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu e’tibor va g‘amxo‘rliklar jamiyatimizda ayollarning mavqeini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Yusupova ana shunday tashabbuskor va faol rahbar ayollarimizdan biridir. U bir necha yillardan buyon rahbarlik lavozimida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

📚 Ayniqsa, kitobxonlikni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirayotgan ishlari tahsinga loyiqdir. Fidoyi va mas’uliyatli rahbar sifatida nafaqat tumanimizda, balki viloyat miqyosida ham o‘z o‘rniga ega.

Ayollarni e’zozlash - jamiyatni e’zozlashdir! 💐

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: