“Qatag‘on qurbonlari merosini o‘rganamiz”
Rasmlar
Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazida “Qatag‘on qurbonlari merosini o‘rganamiz” mavzusi doirasida yoshlarni tarixiy xotiraga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etilib, ular bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Yoshlar qatag‘on yillarida nohaq jazolangan va qatag‘onga uchragan ajdodlarimizning hayoti, ularning ilm-fan, adabiyot va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Ayniqsa, jadid namoyandalari va ziyolilar faoliyati haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
AKM mutaxassislari tomonidan har bir kitob yuzasidan qisqacha sharh berilib, yoshlar mutolaaga chorlandi. Suhbat jarayonida ishtirokchilar o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar, savollariga javob oldilar.
Suhbat yakunida tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash va uning qadriga yetish har bir yosh avlod uchun muhim vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Video mavjud emas.