09 Aprel 2026, 20:52

Qo'riqtom qishlog‘i Shirsholi mahallasi mahalla kutubxonasida yosh kitobxonlar ishtirokida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Rasmlar

Rasm

Tadbir davomida yosh kitobxonlarga yangi adabiyotlar taqdim etilib, ularning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar uchun turli mavzulardagi kitoblar tavsiya qilinib, mutolaaning ahamiyati haqida suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, Xorazm nemislari nomli kitob taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu asar orqali yig‘ilganlarga tariximizning kam yoritilgan sahifalari haqida qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi.
Mazkur tadbir yoshlarning bilimini oshirish, ularni kitobga oshno etish hamda ma’naviy dunyosini boyitishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: