#Amir_Temur_tavalludining_690_yilligi
Rasmlar
Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 690 yilligi munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan ham mazkur sana alohida e’tibor bilan nishonlandi. Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan kitob taqdimoti tashkil etilib, temuriylar davri tarixi, buyuk bobomizning harbiy san’ati, davlat boshqaruvi va adolat tamoyillarini yorituvchi adabiyotlar keng targ‘ib qilindi.
Shuningdek, kitobxonlar uchun Amir Temur haqidagi nodir va qiziqarli asarlardan iborat ko‘rgazma tashkil etilib, tashrif buyuruvchilarga boy ma’lumotlar taqdim etildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlodni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.