“Kitob – ilm, ziyo xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Rasmlar
#Kitobxonlik_haftaligi_2026
#Kitobsevar_millat
📚 “Kitobsevar millat” shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish tadbiri doirasida Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitob – ilm, ziyo xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, uning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi ahamiyati, yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashdagi o‘rni haqida atroflicha fikrlar bildirildi. So‘zga chiqqanlar kitobni eng yaqin do‘st, bebaho bilim manbai sifatida e’tirof etib, barchani muntazam mutolaa qilishga da’vat etdilar.