18 Mart 2025, 15:31

#Navroʻz_2025

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

#Navroʻz_2025
Yangiariq tumanida Navroʻz bayrami keng nishonlandi
Bugun Yangiariq tumanida Navroʻz bayrami katta tantana bilan nishonlandi. Bahor nafasi, yangilanish va ezgulik bayrami boʻlgan Navroʻz tumandagi barcha aholini bir joyga jamladi. Bayram sayli koʻtarinki ruhda oʻtib, milliy qadriyatlar, urf-odatlar namoyish etildi, folklor jamoalari chiqishlari va milliy o‘yinlar tomoshabinlarga zavq ulashdi.

Bayramda Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari ham faol ishtirok etdilar. Ular tomonidan tashkil etilgan kitob koʻrgazmalari bayramga alohida ruh bagʻishladi. Ko‘rgazmalarda milliy qadriyatlarimiz, tariximiz va madaniyatimizga bagʻishlangan turli asarlar, zamonaviy adabiyot namunalari namoyish etildi. Bayramga tashrif buyurgan kitobxonlar o‘zlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishib, kutubxona xodimlaridan foydali tavsiyalar olishdi.
Navroʻz barchamizga quvonch va baraka olib kelsin!

Muhim
Ulashing: