“Kitob – ilm, ziyo xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Rasmlar
#Kitobxonlik_haftaligi_2026
#Kitobsevar_millat
Tadbirga tumanimizdagi ko‘plab kitobsevarlar, yosh kitobxonlar hamda mehmonlar tashrif buyurib, bayramona muhitga o‘zgacha fayz bag‘ishladilar. Mehmonlar milliy an’analarimizga xos tarzda karnay-surnay sadolari ostida tantanali kutib olindi.
Tadbirni Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A. Temirova ochib berib, kitobning inson hayotidagi beqiyos o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati haqida samimiy fikrlarini bildirdi.
Mazkur tadbir kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh avlodni mutolaaga keng jalb etish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.