13 Aprel 2026, 18:39

“Kitob – ilm, ziyo xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.

Rasmlar

Rasm

📚 Tadbir davomida jahon bolalar adabiyotining buyuk namoyandasi — Xans Kristian Andersen tavalludining 221 yilligi munosabati bilan “Bolajonlarning sevimli do‘sti” nomli kitob taqdimoti ham o‘tkazildi.

Taqdimot jarayonida yozuvchining mashhur ertaklari, ularning tarbiyaviy ahamiyati hamda bolalar qalbidan joy olgan obrazlari haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi. Yosh kitobxonlar tomonidan Andersen asarlaridan parchalar o‘qib eshittirildi.

Shuningdek, tadbir davomida turli janr va yo‘nalishdagi boshqa yangi va qiziqarli kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Taqdim etilgan asarlar orasida badiiy adabiyotlar, bolalar uchun ertak va hikoyalar, hamda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi kitoblar o‘rin oldi. Har bir kitob haqida qisqacha ma’lumotlar berilib, ularning mazmuni va ahamiyati kitobxonlarga tanishtirildi.

Muhim
Ulashing: