“Kitob – ilm, ziyo xazinasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir yuqori saviyada tashkil etildi.
Rasmlar
Mazmunli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan “Kitobxonlik haftaligi” ochilish tadbiri yakunida barcha ishtirokchilarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
👏 Xususan, tadbirda faol ishtirok etgan 1-son va 31-son maktablarining o‘qituvchi va o‘quvchilariga alohida tashakkur izhor etamiz. Ularning kitobga bo‘lgan qiziqishi, ijodiy chiqishlari va faolligi tadbirning yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi.
Tadbir so‘ngida barcha ishtirokchilar bilan esdalik suratlari olindi va ushbu unutilmas lahzalar yodda qoldi.
Ishonch bilan aytish mumkinki, bunday tadbirlar yoshlar qalbida kitobga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.