16 Aprel 2026, 22:56

“Bilimli yoshlar – Vatan kelajagi” mavzusida zakovat bellashuvi o‘tkazildi

Rasmlar

Rasm

Yangiariq tumani Bolalar musiqa va san’ati maktabida respublika bo‘ylab keng nishonlanayotgan “Kitobsevar millat” ezgu shiori ostidagi VI Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasida ma’rifatparvar jadid yozuvchi A. Cho‘lponning “Kecha va kunduz” asari yuzasidan zakovat bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda tumandagi:
🔹 31-son maktabning “Aligarx” jamoasi
🔹 28-son maktabning “Bilimdon” jamoasi
🔹 5-son maktabning “Zukkolar” jamoasi ishtirok etdilar.

🏆 Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇 1-o‘rin – 31-son maktabning “Aligarx” va 28-son maktabning “Bilimdon” jamoalari
🥈 2-o‘rin – 5-son maktabning “Zukkolar” jamoasi

🎁 G‘olib jamoalar Yangiariq tuman hokimligi tomonidan kitob jamlanmalari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.

Muhim
Ulashing: