Sport – sog‘lom turmush garovi!
Rasmlar
Yangiariq tumanida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik” hamda “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiorlari ostida keng ko‘lamli tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S.Salayev, mutasaddi tashkilot rahbar va xodimlari, mahalla yettiligi a’zolari, nuroniylar hamda yoshlar faol ishtirok etdilar. Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tadbir davomida kitob ko‘rgazmalari tashkil etilib, kitobxonlikni targ‘ib qiluvchi turli adabiyotlar keng jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida sport bellashuvlari, bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari, tibbiy ko‘rik hamda boshqa yo‘nalishlardagi faoliyatlar bilan yaqindan tanishildi.Bu kabi tadbirlar orqali aholining sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ayniqsa yoshlarni sport va kitobxonlikka keng jalb etish maqsad qilingan.
Video mavjud emas.