08 May 2026, 12:36

#Xotira_muqaddas_inson_qadri_aziz #Xotira_va_qadrlash_kuni_9_may #G'alabaning_81_yilligi

Rasmlar

Rasm

9 may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Xotira muqaddas, inson aziz” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilindi.
📚 Ko‘rgazmadan Ikkinchi jahon urushi davridagi xalqimizning jasorati, mardligi va fidokorligiga bag‘ishlangan tarixiy, badiiy hamda hujjatli adabiyotlar o‘rin oldi. Shuningdek, urush va mehnat faxriylari xotirasini yorituvchi kitob va materiallar kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
📖 Ko‘rgazma orqali kitobxonlarda ajdodlar xotirasiga hurmat, tinchlikning qadriga yetish va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlash maqsad qilingan.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: