09 May 2026, 13:04

“Xotira — bu xalqning o‘z tarixiga, o‘z qahramonlariga bo‘lgan hurmati, qadrlash esa ularning jasorati va fidoyiligini abadiylashtirishdir”

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tumanda tantanali gul qo'yish marosimi yuqori saviyada tashkil etildi.

Ushbu muhim sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi hamda bugungi farovon hayotimiz uchun jon fido qilgan ajdodlarimizni yod etish, ularning mardligi va jasoratini ulug‘lashga bag‘ishlandi.

Tadbirda tuman hokimi Z.Matnazarov, tuman prokurori O.Eshchonov va tuman IIB boshlig‘i J.Madrimov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig'i O.Abdullayev, shuningdek, tashkilot rahbarlari, mahalla yettiligi a'zolari, nuroniylar, mehnat faxriylari va yoshlar ishtirok etishdi.

Marosim davomida urush va mehnat faxriylari, nuroniy otaxon va onaxonlarga alohida ehtirom ko‘rsatilib, ularning hayot yo‘li, sabr-toqati, mardligi va fidoyiligi yosh avlod uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, marosim davomida xotira yodgorligi poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ajdodlarimizning porloq xotirasi hurmat bilan yod etildi. Tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetish, Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish har bir fuqaroning muqaddas burchi ekani yana bir bor yod etildi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: