12 May 2026, 12:18

Qo‘riqtom qishlog‘idagi Ma’daniyat markazida joylashgan 1-ko‘chma kutubxonada 12 may - Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan “Oq libosli fidoyilar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Rasmlar

Rasm

Tadbirda Guliston oilaviy shifokorlik punkti hamshiralari ishtirok etib, kasbning sharafli va mas’uliyatli jihatlari haqida samimiy suhbat olib borildi. Suhbat davomida inson salomatligini saqlash yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan hamshiralar mehnati, ularning jamiyatdagi o‘rni hamda bemorlarga ko‘rsatayotgan mehr-muruvvati alohida ta’kidlandi.
📖 Tadbir davomida tibbiyot sohasi, sog‘lom turmush tarzi hamda insonparvarlik mavzusidagi kitoblar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kitob va mutolaaning inson hayotidagi ahamiyati haqida fikr almashdilar.
Tadbir yakunida oq libosli fidoyi hamshiralarga ezgu tilaklar bildirilib, ularning mashaqqatli va sharafli mehnatlariga minnatdorlik izhor etildi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: