#Rahbarlar_yoshlar_uchrashuvi 📚 Payshanba — yoshlar kuni
Rasmlar
Yangiariq tumanida Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Abdumajid Shermuxamedov hamda Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umidjon Rasulov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.Uchrashuvda tuman hokimi Z.Matnazarov, tegishli soha rahbarlari, yoshlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Tadbir davomida rahbarlar iqtidorli yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularning qiziqishlari, tashabbuslari hamda kelajakdagi maqsadlari bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yosh iqtidor egasi Fozilbek bilan alohida muloqot qilinib, unga esdalik sovg‘asi topshirildi.
Uchrashuv yakunida yoshlar o‘zlarini qiynayotgan masalalar, taklif va murojaatlari bilan rahbarlarga yuzlandilar. Ko‘plab murojaatlar shu joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qolgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
📖 Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi Abonentlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati rahbari A.Temirova ham faol ishtirok etdi. Tadbir davomida kutubxona tomonidan kitoblar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar namoyish etildi.
Video mavjud emas.