20 May 2026, 14:57

O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi haqida kitob taqdimoti tashkil etildi.

Rasmlar

Rasm

Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli va maroqli o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston xalq yozuvchisi, O‘zbekiston Qahramoni Said Ahmadning “Ufq” trilogiyasi haqida kitob taqdimoti tashkil etildi.
Bu galgi tashrif tumandagi o‘quv markazlaridan birida bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida tuman Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati mutaxassisi Dilorom Yusupova tomonidan adibning “Ufq” asari haqida o‘qituvchi va o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berilib, asarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Shuningdek, kitobxon o‘quvchilarning asar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mazmunli javoblar berildi. Tadbir davomida o‘qish jarayonlari hamda tayyorlov kurslari uchun zarur bo‘lgan ilmiy va badiiy adabiyotlar ham mutolaa uchun tavsiya etildi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: