Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi 5-ko‘chma kutubxonasiga tumandagi 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari tashrif buyurdi.
Rasmlar
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi 5-ko‘chma kutubxonasiga tumandagi 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari tashrif buyurib, kutubxona bo‘ylab sayohat qilishdi.
Kutubxonachi Nasiba Bobojonova bolajonlarni kutubxona qoidalari bilan tanishtirib, kitoblarning inson hayotidagi ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi. O‘quvchilar kutubxonadagi rang-barang ertak va bolalar adabiyotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, bolajonlar kutubxonaga a’zo bo‘lib, o‘zlariga manzur bo‘lgan ertak kitoblarini mutolaa qilish uchun olib ketishdi. Kichkintoylarning kutubxonaga bo‘lgan qiziqishi va sayohat davomida yuzlaridagi quvonch barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Video mavjud emas.