V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi
Rasmlar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-kuvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiya xuzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi 3-son farmoyishi bilan 2025-yil 21-27-aprel kunlari “O‘zbekiston-kitobxonlar yurti” shiori V-Respublika "Kitobxonlik haftaligi" qilib belgilangan. Shu munosabat bilan Yangiariq tumanidagi "Mustaqillik" madaniyat va istirohat bog‘ida “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostidagi an’anaviy V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, tuman axborot-kutubxona markazi mutasaddilari, kitobxonlar, keng jamoatchilik vakillari ishtiroq etdilar.