22 Aprel 2025, 13:22

"Kitobxonlik haftaligi"ning ikkinchi kuni

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm

"Kitobxonlik haftaligi"ning ikkinchi kuni unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi

Bugun V Respublika “Kitobxonlik haftaligi” doirasidagi tadbirlarning ikkinchi kuni Yangiariq tumanida yuqori saviyada davom etdi. Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi tashabbusi bilan 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Kutubxona – kitoblar xazinasi” mavzusida mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida joriy yilda yubiley sanasiga to‘g‘ri kelayotgan mashhur asarlarning taqdimotlari bo‘lib o‘tdi. Ayniqsa, atoqli adiblar – Erkin Vohidovning “Oltin devor” va Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asarlari asosida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari barchada chuqur taassurot qoldirdi. Yosh ijrochilar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan sahnalar tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Muhim
Ulashing: