23 Aprel 2025, 14:11

Kitobxonlik haftaligi — 3-kun

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

Bugun Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik haftaligining uchinchi kuni doirasida buyuk qalam sohibi, yozuvchi Bayram Gʻoipov bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida mehmon o‘z ijodi, adabiyotga bo‘lgan mehr-muhabbati va yoshlar bilan bo‘ladigan ijodiy muloqotning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Uchrashuv davomida Bayram Gʻoipovning hayot yo‘li, adabiy merosi haqida so‘z yuritildi hamda ijod namunalari o‘qib eshittirildi.
Jumladan, shoirning chuqur ma’no va ruhiy tafakkur bilan sug‘orilgan she’rlaridan namunalar kitobxonlar tomonidan o‘qildi va ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.
Tadbir kitobsevarlar uchun iliq va ilhomlantiruvchi muhitda o‘tdi.

Muhim
Ulashing: