25 Aprel 2025, 14:15

Kitobxonlik haftaligi 5-kun

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

Yangiariq tumani 15-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida bo‘lib o‘tayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning beshinchi kunida jahon adabiyotining yirik namoyandasi Ernest Hemingueyning “Chol va dengiz” asari yuzasidan ZAKOVAT intellektual bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bellashuvda tumandagi 38-son maktabning “Faxrinur” jamoasi, 22-son maktabning “Ziyokor” jamoasi va 28-son maktabning “Kelajak yoshlari” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Bellashuv natijalariga ko‘ra:
“Kelajak yoshlari” jamoasi — 1-o‘rinni
“Faxrinur” jamoasi — 2-o‘rinni
“Ziyokor” jamoasi — 3-o‘rinni egalladi
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiariq tuman bo’limi tomonidan “Faxriy yorliq”lar bilan taqdirlandilar.
Zakovat bellashuvi — bu g‘oliblik uchun emas, bilim, do‘stlik va hamjihatlik ruhi uchun o‘tkaziladi.

Muhim
Ulashing: