26 Aprel 2025, 15:45

Kitobxonlik haftaligi 6-kun

Rasmlar

Rasm
Rasm

“O‘zbekiston – kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning oltinchi kuni.
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi Qo‘riqtom qishlog‘i Madaniyat markazida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida 5-sonli umumta’lim maktabining kitobxon o‘quvchilari ishtirokida “Sirli sandiqcha” nomli topqirlar bellashuvi tashkil etildi.
Bellashuv davomida bolajonlar sirli sandiq ichida yashirilgan mevalarga bog‘langan qiziqarli savollarga javob berishdi. Eng topqir, zukko va bilimdon kitobxon o‘quvchilar “Oltin toj” sovriniga loyiq deb topildilar.

Muhim
Ulashing: