Kitobxonlik haftaligi 7-kun
Rasmlar
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 781-son qarori bilan tasdiqlangan “2020–2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi” hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2025-yil 7-apreldagi 3-son farmoyishiga asosan 2025-yil 21–27-aprel kunlari “O‘zbekiston — kitobxonlar yurti” shiori ostida o‘tkazilayotgan V Respublika “Kitobxonlik haftaligi”ning yopilish tadbirini o‘tkazdi.
Tadbirni Nuroniylar jamg‘armasi Yangiariq tumani bo‘limi raisi Azim Madraximov ochib berdi.
Yopilish marosimida Axborot-kutubxona markazi direktori M. Yusupova haftalik davomida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan barcha kitobxonlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Ayniqsa, ko‘zi ojizlar kutubxonasi kitobxonlariga alohida tashakkurlar izhor etildi.
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida faol ishtirok etgan kitobxonlar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiariq tumani bo‘limi hamda Axborot-kutubxona markazi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Yangiariq tumanida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida o‘tkazilgan barcha tadbirlar yuqori shukuh va ko‘tarinki ruhda o‘tdi.