09 May 2025, 12:22

"9-may – Xotira va qadrlash kuni!"

Rasmlar

Rasm

Yangiariq tumani Axborot-kutubxona markazida 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab “Xotira muqaddas – azizdir inson” mavzusida xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ko‘zi ojizlar kutubxonasi kitobxonlari, amaliyotchi talabalar hamda tumandagi 38-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 5-sinf o‘quvchilari ishtirok etdilar.
Tadbir doirasida ishtirokchilar kutubxonaga sayohat qilishdi, 9-may – Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur tadbir yoshlarda vatanparvarlik, tarixga hurmat va mardlik tuyg‘ularini shakllantirishga xizmat qildi.

Muhim
Ulashing: