15 May 2025, 16:48

15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan

Rasmlar

Rasm

Oila — muqaddas dargoh. Har bir inson o‘zini oilasiz tasavvur qila olmaydi. Oila — jamiyatning ajralmas bo‘lagi hisoblanadi.

Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi jamoasi va mahalla faollari hamkorligida “Xayr, birinchi ustozim” mavzusida adabiy-musiqiy kecha tashkil etildi.
Tadbirda o‘quvchilar ustozlarga bag‘ishlab she’r o‘qishdi, qo‘shiqlar kuylashdi. Eng ibratli oila bekasi — Bahriya ustoz Gulsara opa ustoz va mehmonlarni Oila kuni bilan tabriklab, birinchi ustoz — onadek muqaddas murabbiy ekanini ta’kidladi.
Shu kuni kutubxonamizga faol kitobxon qizlar tashrif buyurdi. Ular uchun kitob taqdimoti o‘tkazildi. Yangi adabiyotlar, xususan, oila qadriyatlari va ayol ma’naviyati haqida yozilgan asarlar bilan tanishtirildi.
Bunday uchrashuvlar kitobga mehr uyg‘otish, oila va ustoz qadrini anglashda muhim ahamiyatga ega.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: