“Farovon oila sari”
Rasmlar
Insonning o‘zligini anglashi, mukammal shaxs bo‘lib voyaga yetishi, yaxshi ta’lim-tarbiya olishi va kelajagi — bularning barchasi oiladek muqaddas qo‘rg‘on bilan chambarchas bog‘liqdir. Mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Farovon oila sari” oyligi doirasida Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazining 5-ko‘chma kutubxonasida “Mening oilam — mening faxrim” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tumanimizning ko‘zga ko‘ringan kitobxon onaxonlari hamda 1-sonli umumta’lim maktabining kitobxon o‘quvchilari ishtirok etdilar. Shuningdek, kutubxonada “Oila — ma’naviyat beshigi” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Video mavjud emas.