1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Rasmlar
#1_iyun_Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng quvonchli bayram hisoblanadi. Bola bu – dunyo, bola bu – hayotning ajralmas qismi. Bolalar tabassumlari bilan insonlar qalbida hayotga, yashashga qiziqish uyg‘otadilar. Ularning ko‘zlarida ezgulik va mehr-muhabbat porlaydi, ular musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg‘och misolidir.
Bugun Yangiariq tumanidagi 5-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida 1-iyun munosabati bilan “Bola kulgusidan yashnasin olam” mavzusida adabiy-musiqiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Matyaqubov D. 5-son MTM rahbari X.Tanya, Axborot-kutubxona markazi xodimlari, jajji kitobxonlar va ota-onalar ishtirok etdilar.
Tadbirda kutubxona jajji kitobxonalari kitoblar haqidagi she’rlari va o‘yinlari bilan tadbirga fayz bag‘ishladilar. Axborot-kutubxona markazi tomonidan “Bolalarga bering dunyoni” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.