“Uchqun” bolalar dam olish oromgohida “Zakovat” bellashuvi o‘tkazildi
Rasmlar
Bugun Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi xodimlari tumandagi Shixbog‘i mahallasida joylashgan “Uchqun” bolalar dam olish oromgohiga tashrif buyurishdi. Oromgohdagi bolajonlarning mazmunli va maroqli dam olishlarini ta’minlash maqsadida Axborot-kutubxona markazi tomonidan Xudoyberdi To‘xtaboyevning “Sariq devni minib” asari asosida “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi.
“Zakovat” intellektual bellashuvi kechasini oromgoh rahbari Rajabboy aka Rahimov ochib berdi. Bellashuv davomida “Zukko” va “Bilimdon” jamoalari o‘zaro bellashdilar hamda o‘zlarining bilim va tafakkurlari, kitobga bo‘lgan mehrlari hamda o‘qishga bo‘lgan qiziqishlari bilan barchani hayratda qoldirishdi. G‘olib jamoalar Axborot-kutubxona markazining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.
Video mavjud emas.