"Yosh kitobxon oila" ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Rasmlar
Insonning ma’naviy kamolatini ta’minlashda kitob singari kuchli qudratga ega vosita yo‘q. Shu bois azal-azaldan ahli donishlar butun insoniyatni kitob o‘qishga, undan ilmu-odob sirlarini o‘rganishga chorlab kelishgan. Bugun Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “Yosh kitobxon oila” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovni Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori M. Yusupova ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Ko‘rik tanlovda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiariq tuman bo‘limi rahbari U. Aminov, Diniy ishlar bo‘yicha Yangiariq tuman bo‘limi rahbari A. Eshmetov, Maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi bo‘limi metodisti D. Otaniyozov va yosh kitobxon oilalar ishtirok etishdi. Ko‘rik tanlov nihoyatda qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi. Tanlov natijasiga ko‘ra
1-o‘rin — Qo‘riqtom mahallasidan Karimovlar oilasi
2-o‘rin — Po‘rsang mahallasidan Ro‘zmetovlar oilasi
3-o‘rin — Egrisolma mahallasidan Yusupovlar oilasi egallashdi.
Ko‘rik tanlov g‘oliblari Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiariq tuman bo‘linmasi, Axborot-kutubxona markazi tomonidan sertifikat va kitob sovg‘alari bilan taqdirlandilar.