21 Yanvar 2025, 09:12

“Jaholatga qarshi ma’rifat”

Rasmlar

Rasm
Rasm

Yangiariq tumani Gullanbog‘ qishlog‘i Vakillar mahallasida joylashgan 22-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida “Kitob – ma’naviyat quyoshi” mavzusida kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan buyuk qalam sohibi Shuxrat Matkarimovning “Maqar” asari yuzasidan kitob taqdimoti o‘tkazildi.Tadbir davomida kitobxon o‘quvchilar tomonidan “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida rasmlar va insholar tanlovi o‘tkazildi. Shuningdek, kitobga oshno yosh qalamkashlar o‘zlarining ijod namunalaridan she’rlar o‘qidilar. Tadbir barchada katta taassurot qoldirdi

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: