30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan tabrik! Hurmatli yoshlar!
Rasmlar
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan siz azizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!
Yosh avlod – har bir xalqning eng katta boyligi, ertangi kuni va porloq istiqbolidir. Bugungi kunda yurtimizda siz – aziz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, keng yo‘l ochilgan taraqqiyot sari intilishlaringiz barchamizni quvontiradi va ilhomlantiradi.
Sizga yuksak maqsadlar, mustahkam iroda, halol mehnat va Vatanga sadoqat yo‘lida bardavom zafarlar tilaymiz. Ilmda, ijodda, texnologiyada va har sohada yurt sha’nini yuksaltiradigan, jonkuyar, vatanparvar yoshlar bo‘lib kamol topishingizga tilakdoshmiz!
Kitob – sizning eng yaqin do‘stingiz, bilim va ma’naviyat manbaingiz bo‘lishda davom etsin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar!
Hurmat bilan,
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi
Video mavjud emas.