18 Iyul 2025, 11:49

''Ustoz'' kutubxonasi ishga tushdi

Rasmlar

Rasm
Rasm
Rasm
Rasm

18-iyul kuni Urganch shahrida yangi 5 qavatli binoda joylashgan ''Ustoz'' kutubxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat hokimining o'rinbosari S.Salayev, Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi direktori R.Qurbonov, oliy ta'lim muassasalari rektorlari, professor-o‘qituvchilar, taniqli ijodkorlar, kitobxon yoshlar ishtirok etishdi.
Marosimda so‘z olganlar 50 mingdan ortiq kitob fondiga ega mazkur kutubxona yoshlarning eng sevimli manziliga aylanishini, ajdodlarimizdek buyuk avlodlarni tarbiyalashga xizmat qilishini ta'kidladilar.
Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan nashr qilingan ''Buyuklar haqida 100 ta dalil'' kitobi taqdimoti o'tkazildi.
Markazimiz AKT mutaxassislari yangi kutubxonadagi zamonaviy kompyuterlarni sozlashda, ochilish marosimining ijtimoiy tarmoqda yoritilishida yordam berdilar.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: