O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshga to'ldi.
Rasmlar
TABRIK
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevga
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz — 68 yoshga to‘lgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!
Sizning xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyoti va Vatanimizning dunyodagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish yo‘lida olib borayotgan keng ko‘lamli islohotlaringiz, chuqur o‘ylangan siyosatingiz va jasoratli qarorlaringiz har bir yurtdoshimiz qalbidan munosib e’tirof topmoqda.Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar ma'naviyatini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kutubxona tizimini rivojlantirish borasidagi e’tiboringiz biz — kutubxona sohasi vakillarini ilhomlantirib, yanada fidokorona xizmat qilishga undaydi.Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, oilaviy baxt, bardavom zafarlar va ulug‘ maqsadlaringiz yo‘lida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hurmat bilan,
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi jamoasi
Video mavjud emas.