“Dolzarb 90 kun” Yoshlarning yozgi taʼtili mazmunli tashkil etilmoqda.
Rasmlar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Loyiha doirasida 1 iyundan 30 avgustgacha maktab oʻquvchilari va uyushmagan yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularni sogʻlomlashtirish va har tomonlama rivojlantirish boʻyicha keng ko‘lamli ishlar olib boriladi.
Mavzu doirasidagi navbatdagi tadbir Ko‘riqtomlik yoshlar ishtirokida oʻtkazildi.
Tadbirlar doirasida Axborot-kutubxona markazi tomonidan yangi adabiyotlardan kitoblar koʻrgazmasi tashkil etildi. Yoshlar turli to‘garaklar orqali oʻz imkoniyat va isteʼdodlarini yana bir bor namoyon etdilar.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad esa yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat.
Video mavjud emas.