Bugun, 2-sentabr kuni O‘zbekistonning barcha maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jarangladi.
Rasmlar
Jumladan, Yangiariq tuman 37-son maktabida ham 2-sentabr — Bilimlar kuniga bag‘ishlab katta tadbir bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazi direktori Manzura Yusupova ishtirok etdi va o‘quvchilarga yangi o‘quv yilida omadlar tiladi.Maktablarda mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, Millat uchun, Xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darsi” hamda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” o‘tkazildi. Tadbirga ma’naviyat targ‘ibotchilari va mahalla faollari keng jalb etildi.
Video mavjud emas.