10 Sentabr 2025, 12:31

“Kitob va mutolaa haftaligi”

Rasmlar

Rasm

“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida o‘tkazilgan tadbir
2025-yil 2–12-sentabr kunlari mamlakatimizda “Kitob va mutolaa haftaligi” keng nishonlanmoqda.
Kitob insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql charog‘i hamda bilim manbaidir. U fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun xalqimiz uni mo‘tabar va muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, uni qadrlash va mutolaaga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kitobning inson hayotidagi o‘rnini ta’riflashda ba’zida til ojiz qoladi. Darhaqiqat, kitob — ma’naviyat sarchashmasidir.
“Kitob va mutolaa haftaligi” doirasida kecha Yangiariq tumanidagi 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Kitob — aql sarchashmasi” mavzusida buyuk mutafakkir, qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 631 yilligiga bag‘ishlab zakovat bellashuvi o‘tkazildi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: