12 Sentabr 2025, 17:12

“Kitob va mutolaa haftaligi”

Rasmlar

Rasm

#Kitob_va_mutolaa_haftaligi

Kitob insonni komillikka yetaklaydi
Kitob – inson ma’naviyatining bebaho xazinasi, tafakkur va aql chirog‘idir.
Kitob va mutolaa haftaligi doirasida Ostona qishlog‘idagi 4-son maktabning faol o‘quvchilari o‘rtasida “Bir haftada – bir kitob” shiori ostida bellashuv tashkil etildi. Tadbirda 4-sinflar, 5–9-sinflar va 10–11-sinflar o‘quvchilari ishtirok etishdi.Ishtirokchilar o‘qigan kitoblari yuzasidan taqdimotlar tayyorlab, sinfdoshlariga qiziqarli tarzda namoyish qilishdi. Bellashuv yakunida eng faol kitobxonlar g‘olib deb topildi va ularning mehnati munosib taqdirlandi.Bunday tadbirlar yoshlarning kitobga mehrini oshirish, tafakkurini charxlash va ularni ma’naviy barkamol shaxs etib tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: