12 Sentabr 2025, 20:12

“Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida o'tkaziladigan tanlovga start bermoqda!

Rasmlar

Rasm

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi hamda Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat Axborot-kutubxona markazi hamkorligida vohadoshlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini yanada oshirish maqsadida “Kitoblararo 80 kun” marafon doirasida o'tkaziladigan tanlovga start bermoqda!

⤵️ Ushbu marafon tanlovida yosh chegarasi belgilanmagan va barcha O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Bunda qatnashish istagini bildirgan ishtirokchilar 4 bosqichdan iborat shartlarini bajarishi lozim bo'ladi.

Tanlov shartiga ko‘ra har bir bosqichda ishtirokchilarga mutolaa qilinishi belgilangan kitoblar

1-bosqich:
O‘. Hoshimov "Ikki eshik orasi"

2-bosqich:
U. Hamdam "Ota"

3-bosqich
Yuy Xua "Yashamoq"

4-bosqich
P. Qodirov "Avlodlar dovoni"
asarlari asosida hakamlar tomonidan tayyorlangan quiz test savollari XORAZMIYLAR (https://t.me/xorazmiylar_kanali) rasmiy telegram kanalida eʼlon qilinadi va testlarni online tarzda ishlash talab etiladi.

Yakuniy final bahsiga 10 nafar qatnashuvchi yo'llanmani qo'lga kiritadi. Final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan 1-2-3-o'rinlarga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Xorazm viloyati bo'limi tomonidan diplom va kitoblar jamlanmasi sovg'alari topshiriladi. G'oliblikni qo'lga kirita olmagan lekin finalgacha kelgan kuchli 10 talikka kirgan qolgan ishtirokchilarga esa tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'a va tashakkurnomalar taqdim etiladi.

Tanlovning o'tkazilish tartibi bo'yicha quyidagi havola ( Nizom (https://telegra.ph/Kitoblararo-80-kun-marafoni-nizomi-09-12))  batafsil maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Tanlov joriy yilning sentabr-oktabr oylarida bo'lib o'tadi.

Yaqinlaringiz va do‘stlaringizni ham ushbu tanlovimizga taklif qiling!

Video mavjud emas.

Muhim
Ulashing: