“Dunyoning quyoshi – ma’rifatli onalar” mavzusida davra suhbati
Rasmlar
Har oyining 17-sanasi “Kitobxon onalar” kuni sifatida nishonlanishi jamiyat hayotida kitobxonlik madaniyatini oshirish, xotin-qizlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitobxon onalar sonini ko‘paytirish orqali o‘sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasining shakllanishiga xizmat qiladi.
Yangiariq tuman Axborot-kutubxona markazida “Kitobxon onalar” kuniga bag‘ishlab “Dunyoning quyoshi – ma’rifatli onalar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Davra suhbatida onaxonlar kitob — bilim manbai, xazinalar kaliti, insonni kamolotga eltuvchi yo‘l ekanligi, oilada kitobning o‘rni haqida so‘z yuritishdi.
Davra suhbati yakunida kitobxon onaxonlarimiz o‘zlari o‘qigan kitoblarni bir-birlariga taqdimot qilib berishdi.
Video mavjud emas.